Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi faoliyatida oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish va mazkur sohada ish yuritilishi boʻyicha oʻrganish oʻtkazildi.

“UzTest” markazi va hududiy filiallari binolarining kirish qismidagi hamda barcha sinov laboratoriya va sertifikatlashtirish idoralardagi peshtaxta va sinov laboratoriyalardagi uskunalarning texnik xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat tili lotin harflarida chop etilib oʻrnatilgan.

2021-yilning toʻrt oyi davomida sertifikatlashtirish organlari tomonidan jami 12 230 ta muvofiqlik sertifikatlari, sinov laboratoriyalari tomonidan jami 12 257 ta sinov bayonnomalari va 1 062 ta faoliyatga oid chiqish hujjatlari davlat tilida rasmiylashtirildi.

Shuningdek, joriy yil davomida markazning 20 nafar xodimlari Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida malaka oshirishi belgilandi. Bugungi kunga qadar 4 nafar xodim malaka oshirib maxsus sertifikatlarga ega boʻldi.