“UzTest” markazi Olmaliq filiali masʼullari Eksportga koʻmaklashish byurosi hamda Departament xodimlari bilan birgalikda Ohangaron shahridagi eksport bilan shugʻullanuvchi ip-kalava va shaffof paketlar ishlab chiqaruvchi “FINIST INVEST”, “HI BABY” savdo belgisi ostida bolalar tagliklarini ishlab chiqaruvchi “EKO GIGIENIC” polietilen quvur va fitinglar ishlab chiqaruvchi “SILK PLAST QUALITY” korxonalarida oʻrganish olib bordi.
Ushbu korxonalarga ISO 9001 standarti asosida sertifikatlashtirish va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-sonli qarori mohiyati va moliyalashtirish yuzasidan murojaat qilish shartlari tushuntirib oʻtildi.