“Oʻzstandart” agentligi tizim-tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari tomonidan sanoat korxonalari bilan hamkorlikda ishlar tashkil etilgan.
Xususan, Jizzax viloyatidagi «Kenteks», “Jizzax Toshtepa tekstil”, «Verteks», “Jizzax sanoat tekstil”, va “Jizzax industrial toʻqima” korxonalarida Oeko-tex standart 100 va ISO-9001 xalqaro standartlarini joriy etish yuzasidan amaliy harakatlar boshlandi. Korxonalar tomonidan bildirilgan taklif va arizalar umumlashtirilib, Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga taqdim etildi.