Joriy yil 21 may kuni “O‘zstandart” agentlida (KOICA) hamda Koreyalik mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda KOICA agentligining O‘zbekistondagi ofisi rahbariyati hamda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktor o‘rinbosari , shuningdek, soha ekspertlari va xodimlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv qatnashuvchilari o‘zaro hamkorlikda olib borilgan loyihalar samaradorligi hamda kelgusida texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida, tomonlar koreyalik ekspertlar bilan hamkorlikda qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazish hamda sohada raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha rivojlangan davlat, shu jumladan Koreya tajribasi asosida takliflar ishlab chiqishga kelishib oldilar.