“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi departament, “UzTest” markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiallari mutaxassislari viloyatning qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Nurobod tumanida boʻldi.
Tumanda joylashgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Shuttoy Uy-Joy Qurilish” va “STANDART SERVIS NUROBOD” korxonalari faoliyati bilan tanishib, xalqaro standartlar asosida mahsulot ishlab chiqarish, ularning sifati hamda raqobatbardoshligini taʼminlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.