“Oʼzbek-Turk Test Markazi” qoʻshma korxonasining “Sifat menejment tizimi”ni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan oʻtkazilgan audit natijalariga asosan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash” sohasida joriy etilgan sifat menejmenti tizimi ISO 9001:2015 xalqaro standart talablariga javob berishi tasdiqlandi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga berilgan sertifikat universitetda taʼlim sohasini yana-da rivojlantirishga imkon beradi, olingan natijalar har yili tashqi auditorlar tomonidan baholanadi.