Hurmatli metrolog xodimlar,
Avvalo, Sizlarni 20-may – “Butunjahon metrologiya kuni” bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Soha mutaxassislarini mamlakatimizdagi sifat infratuzilmasini rivojlantirishda, sanoatning barcha yoʻnalishlarida aniq oʻlchashlarni tashkil etish orqali mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmati doim eʼtiborlidir.
Ayniqsa soʻngi yillarda respublikamizda metrologiya faoliyati nufuzini xalqaro miqyosda rivojlantirish va milliy etalonlar bazasini takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib kelmoqda.
Xalqaro hamjamiyat hozirgi murakkab pandemiya sharoitida aholini salomatligini taʼminlashda metrologiyaning jumladan aniq oʻlchash natijalarining tibbiy xizmat samaradorligini taʼminlashning asosiy omili ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildi.
Jumladan:
- shaxsiy himoya niqoblariga talablar, antiseptik vositalarining tavsiflari va tibbiy shprislar uchun standartlar muhimligi;
- virusli molekulalarni oʻlchash, shuningdek, vaksinalar dozasining aniqligi va samaradorligi;
- qon bosimi va tana harorati koʻrsatkichlari xalqaro shkalalar va meʼyorlarga muvofiqligi;
- rentgen diagnostikasi va onkologik kasalliklarni davolashda aniq terapevtik nurlanish va kimyo dozalari bilan taʼminlanish yoʻnalishlarida.
Shu munosabat bilan, Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi va Xalqaro qonunchilik metrologiyasi byurosi tomonidan 2021-yil “Butunjahon metrologiya kuni” shiori “Salomatlik uchun oʻlchashlar” deb eʼlon qilindi.
Fursatdan foydalanib, “Butunjahon metrologiya kuni” bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga oʻzimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman.
Hurmat bilan,
“Oʻzstandart” agentligi
Bosh direktori D. Sattarov