“Oʻzstandart” agentligi tashabbusi bilan Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan “ASYA SERA NAVOIY” qoʻshma korxonasiga tegishli issiqxona va “XATIRCHI TEXTILE” korxonasida Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun navbatdagi media-tur tashkil etildi.
Agentlikning hududiy filiallari tomonidan ishlab chiqarish korxonalariga yaqindan koʻmak berish maqsadida tashkil etilgan ushbu press-tur ishtirokchilari pomidor mahsulotini yetishtirish hamda ipak mahsulotini ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.