“Oʻzstandart” agentligida respublikamizda yangi qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” gi 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtmoqda.
Xususan, normativ-huquqiy hujjatlarning tushunchasi, turlari hamda ushbu hujjatlarning oʻzaro yuridik kuchi va nisbatini belgilashdan, shuningdek ularni rejalashtirish, tayyorlash, ekspertizadan oʻtkazish va ularning ijrosini tashkil etishni taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish haqida batafsil maʼlumotlar berildi.