“UzTest” markazi Sirdaryo filiali mutaxassislari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport faoliyatini olib boruvchi ishbilarmon-tadbirkorlar uchun tashkil etilgan o‘quv-seminar treningda ishtirok etdi.
Marketing va sertifikatlashtirish sohasida “Mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish va yangi GSP+ ning afzalliklari” mavzusida o‘tkazilgan mazkur treningda Germaniya, Hindiston, Turkiya davlatlaridan ekspert-marketolog mutaxassislar qatnashib, GSP+ ning afzalliklari, talablari, mahsulot sifatini oshirish uchun xalqaro standartlar, marketing, mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish masalalarida kerakli tushinchalar berdi.