O‘zstandart” agentligida respublikamizda yangi qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” gi 2021 yil 20 apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, normativ-huquqiy hujjatlarning tushunchasi, turlari hamda ushbu hujjatlarning o‘zaro yuridik kuchi va nisbatini belgilashdan, shuningdek ularni rejalashtirish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va ularning ijrosini tashkil etishni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish haqida batafsil ma’lumotlar berildi.