Agentlik huzuridagi Departament, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va va “Uz Test” markazi  Buxoro filiali masʼullari Buxoro shahridagi korxonalarda oʻrganishlar oʻtkazib, ularga soha yuzasidan amaliy yordam berilmoqda.

Jumladan; “Sotovыy pole korbonat” mahsulotlari (issiqxonalar qurish, yengil konstruksiyali tom yopgich sifatida ishlatish va atmosfera taʼsiridan himoya vositasi sifatida qoʻllaniladi) ishlab chiqarayotgan “Progress polimer standart plast” korxonasida oʻrganish oʻtkazilib, amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Korxona viloyatdagi eksportyor korxonalardan hisoblanib, mahsulotlarini Turkmaniston, Qirgʻiziston davlatlari eksport qilib kelmoqda. Yillik eksport kontrakti 1,0 mln dollarga imzolangan boʻlib, bugungi kungacha 70 ming dollar eksport amalga oshirilgan.

Korxonada mahsulotlar sertifikatlashtirilgan va sifat tizimlari joriy etilgani bois,  eksport imkoniyatlari  kengayib bormoqda.

 

 

Shuningdek, “DP PIPE EXPORT PLANT” korxonasi (Truba zavod)da ham oʻrganish  oʻtkazilib,bu yerda ichki bozor uchun mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sertifikatlangan boʻlib, korxonaga  metrogolik xizmat koʻrsatilib, sifat tizimlari joriy etilgan.