Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston bilan hamkorlik masalalari boʻyicha direktori Fransua Bejo, OESR tashkilotining YevroOsiyo mamlakatlari boʻlimi iqtisodchi va iqtisodchi analitigi Ameliya Shurix-Rey, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar, eksportyor korxonalar vakillari ishtirokida “Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes korxonalarining eksport faoliyatini rivojlantirish” mavzusida vebinar boʻlib oʻtdi.
Unda koronavirus inqirozi dunyo savdo aloqalari, shuningdek kichik va oʻrta biznes sektoriga ham jiddiy taʼsir koʻrsatganligi, Pandemiya davrida Oʻzbekiston hukumati tomonidan kichik va oʻrta biznes va uning eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maqsadli choralar koʻrilganligi eʼtirof oʻtildi.
OESR tashkilotining YevroOsiyo mamlakatlari boʻlimi iqtisodchi va iqtisodchi analitigi Ameliya Shurix-Rey oʻzining prezentatsiyasida kichik va oʻrta biznes korxonalar faoliyati va uning eksportida “Oʻzstandart” agentligi va uning xuzuridagi Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan korxonalarga koʻrsatilayotgan amaliy yordamlar, konsultativ xizmatlar va xalqaro talablarni korxonalarga yetkazish boʻyicha olib borayotgan ishlarni alohida toʻxtalib oʻtdi.
Olib borilayotgan ijobiy ishlar bilan birga, maqsadli rivojlanishda xorijiy sertifikatlashtirish idoralarini jalb etishga ham alohida eʼtibor qaratdi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi