Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash, Oʻzbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan 2020 — 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasi tasdiqlangan.

Maʼlumot uchun: 2021-yil 1-may holatiga 32665 ta standartlar qabul qilingan va meʼyoriy hujjatlarning davlat fondidagi standartlar soni 62653 taga yetkazilib, xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirilgan standartlar 47364 tani (76 %) tashkil qilmoqda. Lekin bugungi kunda ushbu standartlarni davlat tilida qabul qilinganlari 20 % ham tashkil qilmaydi. Albatta standartlar instituti tomonidan standartlarni tarjimasi ustida ishlar olib borilmoqda, ammo yetarli darajada emas.

Mahsulotlarni sertifikatlash Qoidalarining (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-martda 1458-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) 7-ilovasi bilan muvofiqlik sertifikati blankasi namunasi tasdiqlangan rus va oʻzbek tilida. Lekin bugungi kunda koʻplab xususiy sektor korxonalariga muvofiqlik sertifikati rus tilida berilish holatlari kuzatilyapti. Respublikamizda 86 ta muvofiqlik sertifikatini berish bilan shugʻullanadigan Masʼuligi cheklangan jamiyat shaklidagi xususiy korxonalar faoliyat yuritadi. Ushbu rus tilida berilgan muvofiqlik sertifikatlari asosan qoʻshma korxonalar, chet el vakolatlari qoshidagi korxonalar, chet el kompaniyalarining filiallariga berilgan. Chunki ushbu korxonalarda asosan rus yoki ingliz tilida ish yuritadi.

Videokonferensiya aloqa tarzida oʻtkazilgan seminarda respublikamizda barcha ish yuritish va xizmat koʻrsatish davlat tilida amalga oshirilishi va 2023-yildan bosqichma bosqich lotin alifbosiga oʻtishi belgilab qoʻyilishi munosabati bilan muvofiqlik sertifikatini asosan oʻzbek tilida berilishi, agar xususiy korxonalar zarurat yuzasida rus tilida soʻragan taqdir rus va oʻzbek tilida berilishini taʼminlash vazifasi belgilab qoʻyildi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi