“Prezident qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish sifatiga eʼtibor qaratish hamda korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda, bizga 24 ta ixtisoslashgan tumanda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etib, ishlab chiqaruvchilarni xalqaro sifat talablari va standartlarga oʻrgatish” vazifasini qoʻydi.
Mazkur vazifaning ijrosini taʼminlash yuzasidan aniq reja-dastur belgilandi. Shu bilan birga agentlik huzuridagi Departament tomonidan
2021-yilning oʻtgan davrida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda oʻrganishlar oʻtkazildi
Oʻrganishlarda korxona vakillariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonun buzilishi holatlarini aniqlash hamda zaruriy koʻmak berish yuzasidan Respublikamizdagi 349 ta korxonalarning faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganishlarda 132 ta ishlab chiqarish korxonalarida kamchiliklar aniqlandi va 64 ta holatda standartlar joriy etilmaganligi maʼlum boʻldi.
282 ta holatda korxonalarga sohaga oid masalalarda amaliy yordam koʻrsatildi.
Shundan,
214 ta korxona standartlar bilan taʼminlandi va 23 ta korxonada standartlar aktuallashtirildi.
44 ta korxonada oʻlchov vositalar metrologik qiyoslash koʻrigidan oʻtkazildi.
Misol uchun, Jizzax viloyatida joylashgan “Jizzax investstroy” MCHJ va “Fiendly house” MCHJ, Namangan viloyatida joylashgan “Lego Unversal Gishtlari” XK ishlab chiqarishda foydalanayotgan oʻlchov vositalari metrologik qiyoslash koʻrigidan oʻtkazilishida amaliy yordam koʻrsatildi.
19 ta korxonada sertifikatlashtirish ishlari olib borildi.