Prezidentimizning qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish sifatiga eʼtibor qaratish hamda korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda, “Oʻzstandart” agentligiga 24 ta ixtisoslashgan tumanda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etib, ishlab chiqaruvchilarni xalqaro sifat talablari va standartlarga oʻrgatish vazifasi qoʻyildi.
Buxoroda «korxonabay» ishlash tizimi orqali, Departament, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va “Uz Test“markazi Buxoro filiali masʼullari tomonidan bugunning oʻzida «Romitan yoʻllardan muntazam foydalanish” Unitar Korxonasida oʻrganish oʻtkazilib, amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Shuningdek, bugungi kunda ahamiyat darajasi yana-da ortib borayotgan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatiga qoʻyilayotgan talablardan kelib chiqib, ushbu korxonaga sifat menejmenti tizimlari joriy etildi, va bugun xalqaro darajadagi ISO 9001:2015 sertifikatlari topshirildi.