Joriy yilning 03-05-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, fan va texnika, madaniyat, sport va yoshlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha hukumatlararo komissiyasining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish doirasida “Oʻzstandart” agentligi va Saudiya Arabistoni Qirolligining Standartlar, Metrologiya va Sifat tashkiloti (SASO) oʻrtasida texnik hamkorlik dasturi imzolandi.
Imzolangan Hamkorlik Dasturi ikki davlat oʻrtasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi