“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining fizik-kimyoviy laboratoriyasiga navbatdagi standart namunalar toʻplami keltirildi. Ushbu modda va materiallarning standart namunalari yordamida metallurgiya, neft sanoati, kimyo sanoati mashinasozlik kabi sohalarda qoʻllanilayotgan yuqori aniqlikdagi barcha turdagi spektrometrlar, alangali fotometrlar, neft mahsulotlarini sinash analizatorlari, polyarograf kabi oʻlchash va sinash vositalari Butunrossiya fizik-texnik va radiotexnik oʻlchovlar ilmiy tadqiqot instituti (VNIIFTRI) va Mendeleyeev nomidagi Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIM) orqali xalqaro darajadagi metrologik kuzatuvchanligi taʼminlanadi.