Eksportyor va eksport salohiyatiga ega korxonalarda mahsulotlarni xorijga eksport qilish yoʻnalishlarida malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish hamda sohaga doir ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish maqsadida Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bilan tizimli hamkorlik olib borilmoqda.
Uchrashuvda eksport qilishda xalqaro standartlarning oʻrni, qadoqlash va yorliqlash, tijorat standartlari boʻyicha mahsulotlarni navlarga ajratish va boshqa tavsiyalar berildi hamda uchrashuv soʻngida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi. Universitet talabalariga amaliy bilimlarni berish orqali sanoat eksportyor korxonalar uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlash vazifalariga eʼtibor qaratildi.
“UzTest” markazi
Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi