Elektr oʻlchash asboblarini metrologik tekshiruvdan oʻtkazuvchi ilk KOʻCHMA MOBIL LABORATORIYA ishga tushirildi.
Tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan servis xizmatlar sifatini yaxshilash va elektr energiyasini hisobga olish priborlarini metrologik tekshiruvdan oʻtkazish ishlarini tashkillashtirish maqsadida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan Volkswagen Caddy Maxi avtomobil bazasida zamonaviy Energomonitor 3.1KM, OMICRON CT Analayser, VATANO 100 va Neva TEST namunaviy oʻlchash qurilmalari bilan jihozlangan koʻchma laboratoriya tashkil qilindi.
Endilikda ushbu koʻchma laboratoriya yordamida isteʼmolchilarga oʻrnatilgan barcha turdagi 1 va 3 fazali elektr hisoblagichlarni, yuqori kuchlanishli 6 kV dan 220 kV gacha boʻlgan tok transformatorlarni hamda 0,1 V dan 1000 V gacha boʻlgan voltmetrlarni elektr tizimidan uzmasdan metrologik tekshiruvdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu esa oʻz navbatida tadbirkorlarga ortiqcha sarf xarajatlarni kamaytirish bilan bir qatorda ularning vaqtini tejalishiga olib keladi.