“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament va Standartlar instituti mutaxassislari «korxonabay» ishlash tizimida Surxondaryo viloyatidagi sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “SAIDJON MUXAMMADJON MUZQAYMOQLARI” korxonasining ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.

Jamiyat masʼullariga tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar qonunchilikdagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar berildi. Korxonada ISO 22000 xalqaro standartini joriy etish boʻyicha tushunchalar berildi va mutaxassislar biriktirildi.