Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003-yildan buyon
28-aprel – Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
Oʻzbekistonda ham ish joyida jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat muhofazasini tashkil qilish masalalari yuzasidan tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bagʻishlangan onlayn seminarda “Oʻzstandart” agentligi va 196 ta tashkilot va idoralarning 300 dan ortiq xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda ISO 45001:2018 “Sogʻliqni saqlash va mehnat xavfsizligi menejment tizimi” xalqaro standarti yuzasidan standartini korxonalardagi oʻrni va mohiyati, standart talablari, dolzarbligi, “Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish tizimini boshqarishni sertifikatlash tartibi” toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar yetkazildi.
Menejment tizimlarini joriy etishni
muvofiqlashtirish boshqarmasi,
Standartlar instituti