Departament, “Uz Test” va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali masʼullari bugunning oʻzida Buxoro shahridagi temir – beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Ziyo Fayz qurilish”korxonasi va zamonaviy mebel va oshxona jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Sarbon mebel” va “Lyuks mebel” korxonalarida boʻlib,  sohaga tegishli masalalari oʻrganilmoqda.

Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining sifati, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda Xitoy va Turkiya davlatlaridan keltirilgan texnologik jihozlarini navbatdagi davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazishlari boʻyicha mutaxassislar biriktirildi.