“Oʻzstandart” agentligi xalqaro hamkorlik boshqarmasi, “OʻzTest” va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Namangan filiali masʼullari korxonabay ishlash tizimida viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalarida texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash,
SE markirovkasi, shuningdek mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish, eksportda koʻmaklashish maqsadida “Muhammadali hamkor biznes” MCHJ “SAIDBEK-MUHAYYO SAVDO” XK va “Kubro Tekstil Sanoat” MCHJ korxonalarida uchrashuvlar oʻtkazildi.

Namangan viloyatida jami 450 ta eksportyor korxonalar mavjud boʻlib, shundan 300 ta sanoat, 150 ta meva sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil etadi. Eksport geografiyasi boʻyicha 45 ta davlatlarga eksport qilinadi.

Eksport strukturasi tahlil qilinganda soʻngi 4 yil davomida viloyatda 320 dan ortiq turdagi mahsulotlar va xizmatlar eksportga chiqarilib, mahsulot turlari shu davr mobaynida 40 dan ortiq turga koʻpaygan.

Eksport geografiyasi tahlil qilinganda 4 yil davomida viloyatdagi eksportyor korxonalar jahonning 48 ta davlatlarida tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirishgan.

Jumladan, oxirgi 4 yil davomida viloyat eksport geografiyasiga 11 ta yangi davlatlar, xususan, Misr, Singapur, Makedoniya, Kipr, Ispaniya, Gana, Quvayt, Estoniya, Vetnam, Indoneziya, Saudiya Arabistoni kabi davlatlar qoʻshilgan.

Joriy yilning 1-aprel holatiga 84,7 mln.dollarlik (shundan sanoat mahsulotlari 62,9 mln.dollar, meva-sabzavot mahsulotlari
21,8 mln.dollar) eksport rejasi belgilangan boʻlib, eksportyor korxonalar tomonidan 88,7 mln.dollar eksport amalga oshirilib, choraklik eksport prognozi 105,0 foizga, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa 126,7 foizga bajarildi.

Jumladan, 81,7 mln.dollarlik sanoat mahsulotlari (129,8 %) hamda 6,9 mln.dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari (31,9 %) eksporti amalga oshirildi.

Oʻtgan 3 oy davomida mahsulotlar eksporti 30 dan ortiq xorijiy davlatlarga amalga oshirilib, asosiy eksport amaliyoti Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kabi davlatlar xissasiga toʻgʻri kelmoqda.

“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi

“UzTest” DK Namangan viloyati filiali