Yurtimizda sifatsiz mahsulotlarning sotilishini oldini olish maqsadida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan Turkiya davlatida “OERO TRADING LTD” korxonasi tomonidan ALGIDA mahsulot belgisi ostida ishlab chiqarilgan Oʻrmon yongʻoqli va kakao souslik vanillik muzqaymoq “BOOM BOOM” mahsuloti qadogʻi mahsuloti “Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament talablariga muvofiq emas.
Mahsulot tarkibida inson salomatligi uchun xavfli boʻlgan sut yogʻi oʻrniga (har xil proporsiyada kokos, palma, paxta, kungaboqar) oʻsimlik moylari aniqlangan.
Oʻrmon yongʻoqli va kakao souslik vanillik muzqaymoq “BOOM BOOM” mahsuloti amaldagi texnik reglament talablariga javob bermaganligi sababli importini cheklash yuzasidan Bojxona qoʻmitasiga maʼlumot kiritildi.