Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va UzTest markazi Navoiy filiallari masʼul xodimlari tomonidan korxonabay ishlash tizimi boʻyicha viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalarida texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilash, shuningdek mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirishda koʻmaklashish maqsadida “TIANCHENG STONE” MCHJ, “TERMO INSTAL” MCHJ va “HEATING RADIATORS” korxonalarida uchrashuvlar oʻtkazildi.