“Oʻzstandart” agentligi rahbariyati “Qoʻqon Erkin iqtisodiy hududi”da joylashgan tadbirkorlik subyektlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda milliy mahsulotlarimizning sifatini oshirish, raqobatbardoshligini taʼminlash va sifat milliy infratuzilmasini shakllantirishda ularga yaqin koʻmakdosh ekanligini bildirdilar.
Jumladan, “Evro Print Kokand” korxonasida eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan quritilgan meva va oziq-ovqat mahsulotlari uchun bir martalik qogʻoz idishlar ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi hamda tadbirkorga quritilgan meva mahsulotlariga xalqaro standartlarini joriy etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatishga kelishib olindi.
“Great Kokand” korxonasida ishlab chiqarilayotgan skotch mahsuloti bilan tanishildi. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan skotch standart talablari boʻyicha yorliqlash toʻgʻrisida tavsiyalar berib oʻtildi.
Navbatdagi manzil Uchkoʻprik tumanidagi “Mehrigiyo” xususiy korxonasi tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan dorivor oʻsimlik mahsulotlariga xalqaro “ORGANIC” sertifikati topshirildi. Ushbu korxona 45 xil turdagi dorivor oʻsimliklardan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar MDX davlatlariga eksport qilingan boʻlib, kelgusida eksport geografiyasini Yevropa va Arab davlatlariga kengaytirish rejalashtirilgan.