Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi davlatlariga qishloq xoʻjaligi, tekstil, qurilish va boshqa turdagi mahalliy mahsulotlarni eksport qilish kunning dolzarb mavzusiga aylanib bormoqda.
Xalqaro darajada tan olingan xorijiy muvofiqlikni baholash idoralarning ushbu turdagi mahsulotlar eksportida alohida oʻrin tutadi. Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi va “Oʻzstandart” agentligi hamkorligida “Intertek” (Buyuk Britaniya) muvofiqlikni baholash idorasi vakili janob Piter Lindsay bilan videokonferensiya oʻtkazildi.
Uchrashuvda mahsulotlarni Buyuk Britaniya va jahon bozorlariga eksport qilishda “Intertek” idorasi tomonidan koʻrsatiladigan muvofiqlikni baholash ishlari, bugungi kunda Yevropa davlatlarining mahsulotlarga qoʻygan talablari, hamkorlikda sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyalari ishlarini tashkil etish, ularni xalqaro darajaga olib chiqishda “Intertek” idorasi ekspertlarni jalb etish boʻyicha fikr almashildi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi