Bugun Samarqand shahrida Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasidagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari barqarorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan AgroDev loyihasi asosida ilm-fan, ishlab chiqarish va davlat manfaatlarini birlashtiruvchi halqaro seminar tashkil etildi.

Seminarda loyiha hamkorlari Latviya, Shvetsiya, Polsha, Avstriya va Qirgʻiziston davlatlari universitetlari, qishloq xoʻjaligi vakillari, yirik agroklaster vakillari ishtirok etdilar.

Mazkur xalqaro uchrashuvda Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti filiallarining yetakchi mutaxassislari respublikamizda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarini  qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼruzalari bilan faol  ishtirok etdilar.