Navoiy viloyati hududiy filial masʼullari tomonidan korxonalar bilan ishlash boʻyicha aniq reja belgilangan boʻlib, oʻtgan davrda 249 ta korxonalarga eksport boʻyicha, standartlashtirish, sertifikatlashtirish hamda xalqaro standartlarni joriy qilishda amaliy yordam koʻrsatish belgilangan edi.
Hozirgi kunda 251 ta korxonalarda korxonobay va mahallabay ishlash tizimi joriy qilinib targʻibot tadbirlar amalga oshirildi. Shunday oʻrganishlar Karmana tumanidagi “Telekom Devices Pro” hamda “Telekom Inovations” korxonasi hamda Navoiy shaharidagi “Navoiy Humo” korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida sohaga oid muammolari va mavjud nomuvofiqliklari oʻrganilib, Departament xodimlari tomonidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berilib,amaliy yordam koʻrsatilmoqda.