Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Uz Test markazi Qashqadaryo filiallari masʼullari korxonalarda boʻlib, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish hamda ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksport qilayotgan korxonalarga amaliy yordam berib kelmoqdalar.

Filial masʼullari korxonalarda boʻlib, ularni qiynayotgan masalalar, sohaga oid muammo va takliflari oʻrganilmoqda. Jumladan, Qarshi shahridagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “BISS ELEKTRONICS SYSTEM” korxonasi oʻrganildi.

Oʻrganish davomida jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika mahsulotlarini chet davlatlariga toʻsiqlarsiz eksport qilinishida muhim ahamiyat kasb etuvchi “SE” markirovkasini joriy qilishda amaliy yordam koʻrsatilib, jamiyat hujjatlari Eksportni qoʻllab quvvatlash agentligiga taqdim etildi.

Shuningdek, xodimlar tomonidan jamiyat rahbariyatiga soha yoʻnalishlari yuzasidan doimiy hamkorlik qilish hamda amaliy yordam koʻrsatilishiga kelishib olindi.