Hozirgi kunda sanoat korxonalarida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni qondirish, sohaga oid ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish ustuvorlik kasb etadi.

Shu nuqtayi nazardan, “Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti masʼullari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti va Oʻzbekiston milliy universitetlari bilan hamkorlikda malakali kadrlarni tayyorlash va ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish boʻyicha amaliy uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvda metrologiya yoʻnalishidagi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda talabalar bilan ilmiy inavatsion ishlanmalarni birgalikda amalga oshirish hamda sanoat tarmoqlariga yetuk malakali kadrlarni birgalikda tayyorlash ustuvor vazifa ekanligi va mazkur vazifalar ijrosini taʼminlashga kelishildi.