Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti, “Uz Test” markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali masʼullari korxonalarda boʻlib,  mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish hamda ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksport qilayotgan korxonalarga amaliy yordam bermoqdalar.

Joriy yilning oʻtgan davrida filial rahbarlari bir qator eksportyor korxonalarda boʻlib, ularni qiynayotgan masalalar, sohaga oid muammo va takliflari oʻrganildi. Jumladan, Buxoro shaharidagi “Sohibkor” mahallasida joylashgan “Jamshid Javohir Agrotexservis” MCHJga qarashli issiqxona faoliyati oʻrganildi.

Umumiy maydoni 2 ga.ni tashkil etadigan ushbu “Gidroponika” usulidagi issiqxonada qovun mahuloti yetishtirilmoqda. 1 ga maydonda oʻrtacha 22,0 ming dona koʻchat oʻtkazilgan boʻlib, mahsulotlar pishib yetilish arafasida. Issiqxona “GLOBALG.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega boʻlib, xalqaro va milliy meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlangan. Mavjud oʻlchov vositalari davlat  qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilgan hamda eksport qilinadigan mahsulotlari uchun muvofiqlik sertifikatlarini olgan.

Navbatdagi oʻrganish Buxoro shahridagi “Oʻktam Boʻston Saxovati” korxonasida boʻldi.

 Issiqxonada asosan Eron Islom Respublikasidan olib kelingan “ALI AGA” bodring navi va pomidor yetishtirilmoqda. Korxona mahsulotlari asosan ichki bozorda xaridorgir boʻlib, 1 ga. maydonda yetishtirilmoqda. Bugungi kungacha 85 tonna mahsulot xaridorlarga yetkazib berilgan. Jamiyat meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlangan boʻlib mavjud oʻlchov vositalari davlat  qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilgan hamda mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikatlari olingan.

Shuningdek  Buxoro tumanidagi “BUXARA SHATEN CLEAN” MCHJ va  “BAHOR PLASTIKS” korxonalari. Filial masʼullari ushbu korxonalarda boʻlib, ulardagi mavjud oʻlchov vositalari va boshqa zaruriy yordamni berdilar.

Korxona rahbar va masʼullariga sohaga oid muammolari paydo boʻlsa zudlik bilan bildirishlari, ularning yechimini topish borasida har tomonlama koʻmaklashishga kelishib olindi.