Namangan shahar, Davlatobod tumanida 260 nafar eksport qiluvchi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermer xoʻjaliklariga, eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab quvvatlashni yana-da kengaytirish chora-tadbirlari va eksport faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlari haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, xalqaro standart talablari boʻyicha sertifikatlarga ega boʻlgan, jumladan Global G.A.R., Organic, Oeko-tex Standart 100 va SE markirovka korxonalarda joriy etish bilan eksport geografiyasi yana-da kengayib Yevropa davlatlariga keng yoʻl ochilishi taʼkidlandi.
Seminarda “UzTest” markazi Namangan filiali xodimlari tomonidan xalqaro standartlarni joriy etgan fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlarning sifati va eksport salohiyatini yana-da oshirishga erishish mumkinligini, chet el bozorlariga kirishni osonlashtirib, daromadni oshirish imkoniyatini berishi haqida tushunchalar berdi
“UzTest” markazi
Eksportga koʻmaklashish byurosi