“Oʻzstandart” agentligi tomonidan respublikamizda sifatsiz mahsulotlarning sotilishini oldini olish maqsadida Agentlik huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan Turkiya davlati “OERO TRADING LTD” korxonasida ishlab chiqarilgan “RS NOGGER 44% - Pechenye boʻlgan oʻsimlik moyi asosidagi shokoladli muzqaymoq (28%), oʻsimlik moyi asosidagi karamellik muzqaymoq (28%) mahsuloti “Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament talablariga javob bermaydi.
Mahsulot tarkibida salomatlik uchun jiddiy xavfga ega boʻlgan (har xil proporsiyada kokos, palma, paxta, kungaboqar) oʻsimlik moylari borligi aniqlangan.
RS NOGGER 44% - Pechenye boʻlgan oʻsimlik moyi asosidagi shokoladli muzqaymoq, oʻsimlik moyi asosidagi karamellik muzqaymoq (28%) mahsuloti amaldagi texnik reglament talablariga muvofiq emasligi sababli importini cheklash yuzasidan Bojxona qoʻmitasiga maʼlumot kiritildi.