«Oʻzeltexsanoat» uyushmasiga aʼzo “VISTA ELECTRONICS GROUP” MCHJ bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanib, “Vista” brendi ostida televizor, xolodilnik, mikrotoʻlqinli pechlar ishlab chiqarmoqda.
Yevropa davlatlarida elektrotexnika mahsulotlari bilan
oʻz nufuzini mustahkamlashga intilayotgan yangi Oʻzbekistondagi “VISTA ELECTRONICS GROUP” korxonasida SE markirovkasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda.
“Oʻzstandart” agentligi va «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi tomonidan korxonabay ishlash tizimi orqali halqaro standartlar joriy etilib, SE markirovkasi olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Toshkent viloyati, Angren shahridagi “VISTA ELECTRONICS GROUP” MCHJ korxonasida SE markirovkasi joriy etish boʻyicha treyning seminar tashkil etildi.
Tadbirda “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish
va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti mutaxassislari tomonidan “VISTA ELECTRONICS GROUP” MCHJ korxonasiga SE markirovkasi, Yevropa davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, Yevropa import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalqaro standartlar muhimligi tushuntirildi.
Shu bilan birga, eksportyor korxonalar faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi yuzasidan ham maʼlumot berildi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Eksportga koʻmaklashish byurosi