Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi UzTest markazining “Mahsulot sinovlarini takomillashtirish va laboratoriyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur tadbirda mutaxassislar tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillariga mahsulotlarning sinovi, sinov laboratoriyalarni modernizatsiya qilish, zamonaviy uskunalar yordamida xalqaro standartlar boʻyicha sinov uslublarini oʻzlashtirish, mahsulotlar sifatini oshirish va raqobatbardoshligini taʼminlash, mahsulotlarni eksport salohiyatini oshirish hamda ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilinishi kabi masalalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmoqda.