Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali tomonidan korxonabay ishlash tizimiga oʻtildi. Filial xodimlari viloyat hamda tumanlar kesimida har bir ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini oʻrganib, ularning faoliyatlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmoqdalar.
Filial masʼullari “Bahor Plastics” qoʻshma korxonasida boʻlib, uning eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarishda va eksport qilishda uchrayotgan muammolari bilan atroflicha tanishdilar. Ushbu korxona hozirgi kunda Sintetik kir yuvish kukuni 1-chorakda 270 tonna mahsulotni Tojikiston va Qozogʻiston respublikalariga eksport qilgan.
Korxonadagi barcha oʻlchash vositalari Buxoro filiali tomonidan qiyoslash koʻrigidan oʻtkazib berildi.