O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Haitovning Surxondaryo viloyati Denov tumanida joriy yilning 22 noyabrda “Sayyor qabul”i bo‘lib o‘tdi.
“Sayyor qabul”da ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslarga standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va korxonalarda sifat tizimlarining joriy etilishi kabi masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Hamda ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Agentlik Bosh direktorining “Virtual qabulxona”si ochilgani va unga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish mumkinligi, bevosita muloqot uchun rahbarning telefon raqamlari qo‘yilganligi e’lon qilindi, ishonch telefoni orqali bog‘lanish imkoniyatlari yaratilganligi aytib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848-sonli Farmoniga muvofiq Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham qabulga kelganlarga tushuntirishlar berildi.
“Sayyor qabul”da tadbirkorlarga va fuqarolarga yaratilayotgan qulayliklar, jumladan davlat standartlarining agentlik veb-sayti orqali bepul olish imkoniyati yaratilganligi, o‘ndan ortiq interaktiv xizmat turlari haqida axborot berildi. Qabulga kelganlar tomonidan bildirilgan takliflar mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.