“Oʻzstandart” agentligida Muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari xorijiy davlatlarda tan olinishiga zamin yaratish va ularning faoliyatini xalqaro darajaga olib chiqish masalalari muhokama etildi.

“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori Dilshod Sattarov uchrashuvda   xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan mamlakatimizda muvofiqlikni baholash idoralari faoliyati baholanishi va bunga tayyorgarlik koʻrish lozimligiga eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, korxonalarda sifat tizimlarini keng joriy etish va  mahalliy eksportyor korxonalarga xorij bozorlarida tan olinadigan xulosalarni rasmiylashtirib berish muhim ekanligi aytildi.