“Oʻzstandart” agentligi Samarqand hududiy filiallari mutaxassislari viloyatdagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularga muvofiqlikni baholash sohasida amaliy yordam koʻrsatib kelmoqda.

Navbatdagi oʻrganishlar tejamkor, arzon qurilish materiali boʻlgan gazobeton ishlab chiqaruvchi “Zarinaxon Sam Prestij” va “Demitra trans avto” hamda koʻp boʻshliqli oldindan zoʻriqtirilgan temirbeton yopma plitalar ishlab chiqaruvchi “Sogʻda Qurilish” korxonalarda oʻtkazildi

 Mazkur korxonalar halqaro standartlar bilan taʼminlanishi bilan birga, ularga ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish, mahsulotning raqobatbardoshligini taʼminlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.