“Oʻzstandart” agentligi va tizim-tashkilotlarida har bir murojaatni chuqur tahlil qilishga va unga amaliy yechim topishga eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Agentlik tomonidan barcha murojaatlar tahlil qilinib, qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqilishi taʼminlanmoqda.
Jumladan, 2021-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 33 ta yozma, 28 ta elektron va 51 ta ogʻzaki, jami 112 ta murojaatlar kelib tushdi. Tahlil natijalariga koʻra, murojaatlar soni oʻtgan yilga nisbatan 56 taga yoki 33,3 % ga kamaygan.
Shuningdek, natija va tahlillarga koʻra jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoʻllangan murojaatlarning 36 tasi mahsulotlarni sertifikatlashtirishda amaliy yordam koʻrsatish,
24 tasi standartlar va meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlash,
16 tasi oʻlchov vositalarini metrologik qiyoslashdan oʻtkazish
va qolgan 36 tasi boshqa masalalarga toʻgʻri keladi.
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha 51 ta murojaatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrildi va murojaat egalari qanoatlantirildi,
48 ta murojaat mualliflariga amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli tartibda tushuntirishlar berildi, 13 ta murojaatlar boʻyicha hozirgi kunda tegishli ishlar olib borilmoqda.