Bugungi kunda toʻqimachilik, sanoati, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan anʼanaviy chet el bozorlaridan tashqari Yevropa va Osiyo davlatlarida ham oʻz nufuzini mustahkamlashga intilayotgan yangi Oʻzbekistonda bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
“Oʻzstandart” agentligi tomonidan korxonabay ishlash tizimi orqali xalqaro standartlar joriy etilib, SE markirovkasi, FSSC 22000 va xalqaro ISO sertifikatlarini olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Namangan viloyatining “Saidbek-Muhayyo Savdo” XK, “Kubro Textile Sanoat” korxonalarida SE markirovkasi, va Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida faoliyat koʻrsatayotgan “Europrint” Kokand MCHJda FSSC 22000 va xalqaro
ISO standartlarini joriy etish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Standartlar instituti, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining viloyat filiallari mutaxassislari tomonidan “Saidbek-Muhayyo Savdo” XK, “Kubro Textile Sanoat” MCHJ , “Europrint” Kokand MCHJga xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalqaro standartlar muhimligi tushuntirildi.
Eksportyor korxonalarning faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi yuzasidan maʼlumotlar berildi.
2021-yilning yanvar-mart oylarida Xalqaro hamkorlik boshqarmasi va Eksportga koʻmaklashish byurosi tomonidan 30 ta eksportyor korxonaga yordam koʻrsatildi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Eksportga koʻmaklashish byurosi