Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oʻlchov vositalari oʻrnatilgan tartibda qiyoslovdan, sinov uskunalari esa attestatsiyadandan oʻtkazilishi lozim. Biroq maʼlum boʻlishicha, baʼzi qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlar hatto tibbiy muassasalardagi oʻlchov va sinov uskunalarini qiyoslov va shahodatlash oʻtkazgan holda qalbaki sertifikatlar bilan faoliyat yuritayotganligi maʼlum boʻlmoqda.
Shu bois yurtimizdagi tibbiy muassasalar rahbarlarini ogohlantiramiz!
Birja savdolarida qatnashayotgan uskunalaringizni qiyoslov koʻrigidan oʻtkazmoqchi boʻlgan soxta tadbirkorlardan ehtiyot boʻling! Ularga duch kelganingizda tegishli guvohnoma va boshqa hujjatlarini sinchiklab tekshiring!
Aholi salomatligi, oʻlchov va sinov uskunalaringiz yuqori aniqlikda ishlashini taʼminlashda eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻymang!
Yuqoridagi holatlarga duch kelsangiz tegishli xuquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qiling!