“ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasi oʻz faoliyatini Zarafshon shahrida boshlagan. Kompaniya umumiy brendi katta “Z” lotin harfi hamda uning atrofini oʻrab turgan oltin chambardan iboratdir.
Kompaniya oʻz oldiga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali “ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” milliy brendini xalqaro darajaga olib chiqish va eng zamonaviy sifatli uy-joy va ijtimoiy obyektlar qurish hamda turli qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, tekstil, issiqxona faoliyati, chorvachilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, mehmonxona va restoran xizmatlari koʻrsatishni maqsad qilgan.
Bugungi kunda kompaniya tarkibida jami 20 dan ortiq mustaqil korxonalar mavjud boʻlib ularda ikki mingdan ortiq xodim ish bilan taʼminlangan.
Qurilish - mazkur kompaniyaning asosiy faoliyat yoʻnalishi boʻlib, bugungi kunda yurtimiz boʻylab “ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” ning oʻttizdan ziyod turar-joy majmualari qurib foydalanishga topshirilgan.
Agentlik Bosh direktori kompaniya faoliyati bilan tanishar ekan, mahsulotlar sifati va eksport imkoniyatlari bilan ham qiziqdi. Korxona faoliyatini yana-da rivojlantirishda amaliy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.