Ommaviy axborot vositalarida xabar berilganidek, 2021-yilning 5-7-aprel kunlari Toshkentda «Oʻzekspomarkaz» Milliy koʻrgazmalar markazida ilk bor “INNOPROM”. Oʻzbekistonda katta sanoat haftaligi» xalqaro sanoat koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Koʻrgazma va biznes-dasturda Armaniston, Belarus, Germaniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Oʻzbekiston, Fransiya, Chexiya va Yaponiyaning 300 dan ortiq sanoat kompaniyalari va ishbilarmon delegatsiyalari ishtirok etadi.
Xalqaro koʻrgazma Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Sanoat koʻrgazmasida Rossiya Federatsiyasining «Rosstandart» federal agentligi va “Oʻzstandart” agentligi oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi