“Oʻzstandart” agentligi tomonidan  zamonaviy, tejamkor va arzon qurilish materiali boʻlgan gazobeton ishlab chiqarish korxonalari bilan tizimli ishlash yoʻlga qoʻyildi.

Agentlik Bosh direktori Dilshod Sattarov Buxoro viloyatida yangi tashkil etilgan “Xanadu Grant Plyus” MCHJ korxonasida boʻlib, gazobeton ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Korxonada ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish, mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlash va sinov laboratoriyasini yuqori aniqlikdagi sinov uskunalari bilan jihozlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Suhbat jarayonida korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini yana-da kengaytirish, mahsulot  sifatini oshirish va bu jarayonda agentlik tomonidan zarur yordam koʻrsatilish aytib oʻtildi.