Respublikamizda «Texnik vositalarning elektromagnit mosligi toʻrisida»gi umumiy texnik reglamentiga  muvofiq, elektr mashinalar, elektrotexnika jihozlari, hisoblash texnikalari, avtomobil vositalari, radioelektron jihozlar, meditsina texnikalari mahsulotlarni elektromagnit moslashuvchanligini baholash belgilangan.

 “Oʻzstandart” agentligi bu borada, Chexiyaning “EXPORTA” kompaniyasi bilan hamkorlikda sinov laboratoriyasi tashkil etildi.

Mazkur soha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan “Elektromagnit moslashuv markazi” hamda “UNICON.UZ” fan-tadqiqot  markazi xodimlari ishtirokida yangi laboratoriya binosida uchrashuv oʻtkazildi.

Laboratoriya tomonidan oʻzlashtiriladigan xalqaro standartlarni qabul qilish va amaliyotga joriy etish, laboratoriya imkoniyatlarini belgilash hamda kelgusida laboratoriyani xalqaro darajada akkreditatsiyadan oʻtkazish va boshqa masalalar muhokama qilindi.