“Oʻzstandart” agentligi va Sirdaryo viloyati hokimligi hamkorligida ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarga xalqaro standartlar, texnik reglamentlar, Jahon savdo tashkiloti va Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqi hamda xorijiy davlatlardagi talablari yuzasidan maxsus oʻquv seminari oʻtkazildi.

Seminarda viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalar, yosh tadbirkorlar va eksportyor korxona rahbarlari ishtirok etdi.

Korxona masʼullari xalqaro standartlarni joriy etish, eksportga koʻmaklashish, Global GAP, Organik va Oeko-Tex standartlari asosida eksportbop mahsulotlarini ishlab chiqarish va viloyat eksport salohiyatini oshirish borasida duch kelayotgan muammolari boʻyicha savollariga javob oldilar.

Seminarda tadbirkorlarga “Mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksport qilishda xalqaro standartlarning ahamiyati boʻyicha” metodik qoʻllanma, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida mahsulot turlariga qoʻyiladigan majburiy talablari yuzasidan metodik qoʻllanma hamda “Standart” jurnallari tarqatildi.