Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari tomonidan hududlarda “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonuni, va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorini amalga tatbiq etish maqsadida tizim xodimlariga kalibrlash yoʻnalishida oʻquv kurslari tashkil etildi.

Unda “Elektr oʻlchash vositalarini kalibrlash boʻyicha” hamda “Kuch oʻlchash vositalarini kalibrlash boʻyicha” mavzularida oʻquv mashgʻulotlari olib boriladi.

Seminarda Buxoro, Xorazm, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiallarining mutaxassislari ishtirok etmoqda.